Maxfiylik siyosati

Bu sahifa UyJoy.uz qanday shaxsiy ma'lumotlarni saqlashi va ulardan qanday foydalanishini tushuntiradi.

Nimani saqlaymiz

Hisob: ism, email, telefon (ixtiyoriy), parol xeshi (parolning o'zi saqlanmaydi).

E'lonlar: siz kiritgan ma'lumotlar va rasmlar.

So'rovlar: e'lon bo'yicha qoldirgan ism, telefon va xabaringiz — ular faqat e'lon egasiga ko'rsatiladi.

Statistika: ko'rishlar va bosishlar anonim, IP manzil saqlanmaydi (faqat qaytarib bo'lmaydigan xesh).

Nima uchun

Xizmatni ko'rsatish, sizni sotuvchi bilan bog'lash, firibgarlikni oldini olish va platformani yaxshilash uchun.

Kim ko'radi

Telefon raqamingiz e'lon sahifasida ochiq turmaydi — u faqat «Telefonni ko'rsatish» tugmasi bosilganda ko'rsatiladi va har bir ko'rsatish hisoblanadi.

Ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga sotmaymiz. Rasmlar Cloudinary xizmatida saqlanadi.

Sizning huquqlaringiz

Kabinetda ma'lumotlarni o'zgartirishingiz, e'lonlarni o'chirishingiz mumkin. Hisobni to'liq o'chirish uchun salom@uyjoy.uz ga yozing.